Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xavfsiz hayot demakdir


Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashish lozim. Mirzaobod tuman adliya bo‘limi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda mahallalarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ushbu masalaga atroflicha to‘xtalib o‘tilmoqda.
“Bog‘iston” mahallasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi muloqotda aholi ogohlikka, hushyorlikka chorlandi.
Har qanday jinoyatning sodir etilishida ma’lum bir sabablar bor. Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish turli noxush holatlarning oldini olishda muhim omil ekanligi tadbir davomida alohida uqtirildi.
Tadbir davomida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, odam savdosi, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbir ishtirokchilariga tovlamachilik, firibgarlik, bosqinchilikka va odam savdosiga qarshi kurashish mavzularida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga oid buklet va flayerlar tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi