Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida axborot berdi


Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qirq to‘rtinchi sessiyasida adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov norma ijodkorligi, huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida jami 4 998 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan, 4 533 tasi qonuniy hal etildi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 2 321 ta taqdimnoma va 4 103 ta ogohnoma kiritilgan. Koʻrilgan choralar natijasida 591 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka, 1 563 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, 11 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlarning bekor qilinishi taʼminlangan. Sudlarga 26 mlrd. 646,0 mln. soʻmlik 1951 ta daʼvo arizalari kiritilgan. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 1 040 ta takliflar taqdim etilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga «E-qaror» elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona “E-qaror” elektron tizimi joriy etilib, hujjatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib viloyat va tuman darajasida tasdiqlab qo‘yish amaliyotiga ma’lum darajada chek qo‘yildi.
Tizim joriy etilgan kundan bugunga qadar tizim orqali viloyat boʻyicha jami 15 872 ta hujjatlar, shundan, 7 734 ta hokim qarorlari va 4 456 ta farmoyishlari, 3 682 ta Kengash qarorlari qabul qilindi. Bu turdagi hujjatlarning 156 tasini normativ tusdagilar hamda 15 690 tasi normativ boʻlmagan hujjatlarni tashkil etadi.
Adliya organlariga qarorlar loyihalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan jami 201 ta qarorlardan 53 tasi ularni qabul qilishning belgilangan tartibiga rioya etilmaganligi sababli rad etilgan.
Shundan, normativ tusdagi qarorlar 175 tani tashkil etib, ularning 136 tasiga ijobiy hulosa berilgan, 39 tasi belgilangan talablarga rioya etilmagan holda taqdim qilinganligi sababli rad qilingan.
Shuningdek, 2022-yil davomida monitoringlar natijasida jami 161 ta qaror va farmoyishlar qabul qilinishida qonun buzilishi holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur holatlar yuzasidan kiritilgan 51 ta taqdimnoma va 40 ta ogohnomalar natijasida 89 ta qaror bekor qilindi, 5 ta qaror qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
“E-qaror” elektron tizimidagi 41 ta qaror va farmoyishlarning maqomi oʻzgartirib chiqildi hamda 54 ta asossiz yashirilgan hujjatlar barcha uchun ochiq holatga va 48 ta qonunga zid ravishda ochiq holatda qabul qilingan qaror va farmoyishlar yopiq holatga oʻtkazildi.
Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan davlat organlari tashkilotlarining jami 206 261 ta hujjatlari va shartnomalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan bo'lsa, qonunchilik hujjatlari talablariga javob bermaydigan yoki zid boʻlgan jami 8 582 ta hujjatlar yuzasidan xulosalar berish rad qilinib, ularning amalga kiritilishi toʻxtatib qolindi.
Qonun ustuvorligini taʼminlashning samaradorligini yanada oshirish, yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda bir xil amaliyotni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan (tuziladigan) 60 ga yaqin turdagi buyruq va shartnomalar namunalari ham ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Boshqarma tomonidan huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasida 2022-yil davomida 45 ta tashkilotda oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha tegishli idoralarga 59 ta taqdimnoma hamda mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 13 ta taklif kiritildi.
Taʼsir choralari natijasida 43 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilinib, 19 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi, 84 nafar shaxs intizomiy hamda 11 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 5 nafar shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bundan tashqari, sudlarga tadbirkor manfaatida 18 ta daʼvo arizalar kiritilib 4 mlrd. 941 mln. soʻmlik pul mablagʻlari undirib berildi, 24 ta tahlil va umumlashtirishlar oʻtkazilib, qonunchilikni takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar tajribasini tadbiq etish yuzasidan 60 dan ziyod qonunchilikka takliflar kiritildi.
2022-yil davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 29 074 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
1145 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron matni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan roʻyxat asosida hududiy davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning quyi tizimlariga yetkazildi.
Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Yakunda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi