Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

"HOKIMLIK SOATI"DA QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI


Guliston shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan “Hokimlik soati”da Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Qarshiboyev qonunchilik targ‘ibotiga oid ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi,  "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonlari va yana bir qator yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.
“Hokimlik soati”da ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mavzuga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi