Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ma’muriy islohotlar borasida oldinga intilish - davr talabi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, sinov natijalarini hisobga olgan holda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarni «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilishni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinishi rejalashtirildi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan bu kabi ma’muriy islohatlar o‘z tasdig‘ini va xalqning ishonchini topgan deyish maqsadga muvofiq.
Bunday tizim yaratilish barcha davlat idoralarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun nechog‘lik yaxshi ekanligini bilashadi hamda qo‘llab quvatlaydi.
Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining buyruq, qaror va farmoyishlarni «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilinishi va e’lon qilinishi davlat idoralarida faoliyat yuritmaydigan xalqimiz uchun bir yangilik bo‘lsada, ular davlat idoralari faoliyatini kuzatish orqali jamoatchilik nazoratini o‘rnata olishadi.
Bu esa Prezidentimiz xohlaganidek halqning qaysidir e’tirozdagi yo‘nalishi bo‘yicha roziligini olgan bo‘ladi. Fuqarolar o‘ziga kerakli ayrim ma’lumotlarni qidirish olish uchun davlat idoralariga murojaat qilmasdan, kunlar, oylar, vaqt ketkizdirmasdan mablag‘ sarflamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «E-qaror» elektron tizimi orqali olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shunday vaziyatlar bo‘lgan-ki fuqarolar davlat idoralaridan ayrim buyruq, qaror yoxud farmoyishlarni olish imkoniyati bo‘lmagan, ularning bu boradagi so‘rovlari turli bahonalar bilan rad etilgan.
«E-qaror» elektron tizimi orqali hujjatlar qabul qilinishi va e’lon qilinishi davlatimiz tomonidan shaffof ma’muriy mexanizim yaratilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xolmatov Otabek,
Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i