Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Mehnat munosabatlarida har xil yondashuvlarga barham beriladi


Xabaringiz bor, 2022-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan huquqiy targ‘ibot tadbirida mazkur mazkur qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov ishtirok etib, unda davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalar, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifa va vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatish asoslari hamda davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-269-son Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qarori mazmun-mohiyatini haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi