Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O'rindoshlik asosida ishlagan oqituvchiga dekret puli to'lanmadi(mi?)


Laylo Shokirova 2020-yildan buyon Boyovut tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumta’lim maktabida o‘rindoshlik asosida, 8-umumta’lim maktabida asosiy o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. U musiqa fanidan dars beradi. L.Shokirova 15-umumta’lim maktabi direktorining 2021-yil 9-apreldagi 20-sonli buyrug‘iga asosan homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqqan, biroq ushbu davrda o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga zid ravishda bekor qilingan. L.Shokirovaga 2021-yil 9-aprelda Boyovut tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan taqdim etilgan homiladorlik va tug‘ruq ta’til varaqasiga asosan Boyovut tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-son umumta’lim maktabdagi faoliyati bo‘yicha 8.999.643 so‘m pul mablag‘i to‘langan, biroq 15-son umumta’lim maktabida ishlagan davrlariga homiladorlik va tug‘riq ta’tili uchun ish beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilmagan. Boyovut tuman adliya bo‘limiga fuqaro L. Shokirovadan ushbu mazmunda kelib tushgan murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganildi.
O‘rganish davomida ma’lum bo‘ldiki,   Boyovut tuman XTB tomonidan 15-sonli umumta’lim maktabi xodimlarining 2021-yil uchun ish haqlari to‘g‘risida TARIFIKASIYASI tasdiqlangan. Bunda L.Shokirovaning musiqa fani o‘qituvchilik faoliyati uchun 1 oyga 1.569.884 so‘m etib belgilangan bo‘lsada unga jami 126-kun (ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun) uchun davlat ijtimoiy nafaqasi to‘lanmaganligi aniqlandi. ya’ni L.Shokirovaga jami 6.279.536 so‘m dekret pul mablag‘lari to‘lab berilmagan.
Vaholanki, MKning 233-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 18-bandida o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan L.Shokirova manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Ish sud tomonidan xolisona ko‘rib chiqilib, adolatli qaror qabul qilindi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan Boyovut tuman Xalq ta’limi bo‘limi hisobidan fuqaro L.Shokirova foydasiga 6.279.536 so‘m nafaqa puli undirilishi belgilandi. Bundan tashqari, 15-umumta’lim maktabi direktorining mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha qabul qilingan buyrug‘i bekor qilinib,  o‘qituvchi ishga tiklandi.

Otabek Xolmatov
Boyovut tuman adliya bo'limi boshlig'i