Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

E-qaror: tahlil va samara


Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga «E-qaror» elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida «E-qaror» elektron tizimi joriy etildi.
Qarorga asosan «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilinayotgan qarorlar va farmoyishlar, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonlarining monitoringini yuritish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan.
Sirdaryo viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan monitoring natijalari muhokamalar markazida bo‘ldi.
Unda viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari yuridik xizmat xodimlari hamda tegishli mas’ul kotibliklar ishtirok etdi. Tadbirni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev boshqarib bordi.
Ta’kidlanganidek, 2022-yilda monitoringlar natijasida jami 161 ta qaror va farmoyishlar qabul qilinishida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar yuzasidan kiritilgan 51 ta taqdimnoma va 40 ta ogohnomalar natijasida 89 ta qaror bekor qilindi, 5 ta qaror qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Shu bilan birga, «E-qaror» elektron tizimidagi 41 ta qaror va farmoyishlarning maqomi o‘zgartirib chiqildi hamda 54 ta asossiz yashirilgan hujjatlar barcha uchun ochiq holatga va 48 ta qonunga zid ravishda ochiq holatda qabul qilingan qaror va farmoyishlar yopiq holatga o‘tkazildi.
Muloqotda “E-qaror” elektron tizimida ishlash, huquqni qo‘llashda yagona amaliyotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi