Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sayyor qabulda yangiyerliklarning muammolari tinglandi


Sayyor qabulda yangiyerliklarning muammolari tinglandi

Sayyor qabul aholi murojaatlari bilan ishlashda samarali mexanizm. Joylarda to‘planib qolgan masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolarga bu kabi tadbirlarda huquqiy yechim izlanadi. Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Fazilat” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham aholining muammolari o‘rganildi.

Adliya bo'limi boshlig'i L.Xudoyqulov fuqarolar bilan muloqotga kirishar ekan, har bir murojaat o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

Sayyor qabul davomida kompensasiya olish, uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, taʼlim sohasidagi masalalar, uy-joyni xususiylashtirish, mehnatga doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan 11 ta murojaatga zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, 8 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Fuqaro F.Egamovaning suv ta’minoti bilan bog‘liq muammosi esa joyida ijobiy hal etildi.

Joylarda o‘tayotgan bu kabi sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamaotchilik bilan aloqalar bo'limi