Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak berildi


Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak berildi

Mamlakatimizda «ayollar daftari» bilan ishlash tizimining 4-bosqichi davom etmoqda. Ayni kunlarda Guliston shahrida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichini amalga oshirish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan xatlov jarayonlari olib borilmoqda. Shunga ko‘ra, “Navbahor” MFYda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolari o'rganildi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida Adliya bo'limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan xotin-qizlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

-Xotin-qizlar bilan suhbatlashar ekanmiz, ularning muammolarini o‘rgandik, muloqotlar jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, - deydi Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Uchqun Tursunmuratov.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi