Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘ldir


Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘ldir

Jinoyatchilik - jamiyat uchun xavfli xatti-harakat. Huquqbuzarliklar profilaktikasi esa jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘ldir.  

Ayniqsa, profilaktik tadbirlarning mahallabay, xonadonbay tarzda tashkil etilayotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirib, turli ko‘ngilsiz voqealarning oldini olishda muhim omil sanaladi.

Shirin shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Do’stlik" mahalla fuqarolar yig'inida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu mahalla kriminogen holatiga ko‘ra "qizil" toifaga kiritilgan bo‘lib, firibgarlik jinoyati nisbatan oshgan.

Mahalla faollari va nuroniylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, o‘zini-o‘zi band qilish orqali ishsizlikning oldini olish kabi masalalarda atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berilib, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi