Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Bu borada Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari rejasi tasdiqlanib, joylarda seminar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbir Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Tadbir mobaynida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Farmoni mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad batafsil tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi