Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

"Hokimlik soati"da qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi


Sirdaryo viloyatida mahalliy davlat hokimiyati organlarida bo‘lib o‘tadigan “Hokimlik soati” tadbirlarida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari rahbar-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ana shu maqsadda bugun Oqoltin, Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos, Guliston tuman hamda Shirin shahar adliya bo‘limi boshliqlari tomonidan "Hokimlik soati"da ishtirokchilar qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari, xususan "Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi, “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari  mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi hamda ishtirokchilarga mavzuga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi