Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Matbuot anjumani: Yil yakunlari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda boshqarma boshlig‘i Saloxiddin Sattarov viloyatda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga o‘tgan 2022-yil davomida jami 4 963 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 523 tasi qonuniy hal etildi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 2 287 ta taqdimnoma va 4 103 ta ogohnoma kiritildi, 591 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 1 563 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, 12 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlarning bekor qilinishi ta’minlandi. Sudlarga 26 mlrd 469,0 mln so‘mlik 1897 ta da’vo arizalari kiritildi. Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 31 mlrd 57 mln so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirib berildi. Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 1 022 ta takliflar kiritildi.
Ma’lumki, adliya organlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi. Matbuot anjumanida normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ahamiyati, zarurati va tartibi hamda bu borada viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i Bobur Norbayevning ma’ruzasi tinglandi.  
- Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yilda jami 27 ta normativ huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularda 50 dan ortiq korrupsion omillar aniqlanib, bartaraf etish bo‘yicha yuqori turuvchi organga takliflar berildi, - deydi B.Norbayev o‘z so‘zida.
Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi. Davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlar alohida tahlil qilindi.
Yakunda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi