Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mehnat qonunchiligidagi yangiliklardan xabardormisiz?


Guliston shahrida ACTED tashkiloti, “Yuksalish” umummilliy harakati va adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yangi Mehnat kodeksida nimalar o'zgardi?” mavzusida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati vakillarining yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati, mehnat qonunchiligiga oid yangiliklardan xabardorligini oshirishdan iborat.
Tadbirda ta'kidlanganidek Kodeks mehnat huquqining ayrim institutlariga bag‘ishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi yangi normalarni o‘z ichiga oladi.
Uchrashuv mobaynida bu borada mutaxassislarning ma'ruzalari tinglandi. Tadbirda ishtirokchilar mehnat qonunchiligidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishib, joylarda mehnat qonunchiligini amalga oshirish va ularga rioya qilinishini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi