Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya boshqarmasida “Siz hisobot topshirdingizmi?” mavzusida seminar tashkil etildi


Adliya boshqarmasida “Siz hisobot topshirdingizmi?” mavzusida seminar tashkil etildi

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun nodavlat notijorat tashkilotlarini islohotlarning faol ishtirokchisi va hamkori sifatida ham ko‘rishimiz mumkin.

Albatta, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda. Ma’lumki, Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ana shu ma'noda Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari qonuniy faoliyat olib bormoqda.  

Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi. “Siz hisobot topshirdingizmi?” mavzusida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan seminarda e-ngo.uz platformasi orqali hisobotlarni topshirish va uning imkoniyatlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Tadbir davomida e-ngo.uz tizimiga hisobotlarni kiritish bosqichlari amaliy tarzda ko‘rsatilib, ishtirokchilarning ko‘nikmalari shakllantirildi. Jarayonda yuzaga kelgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Shuningdek, tadbirda sohaga oid bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamaoatchilik bilan aloqalar bo'limi