Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya aralashgach, fuqaro tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytdi


Ro‘zigul Turanova 2013-yilda Shirin shahar 2-umumta’lim maktabiga hovli supuruvchi vazifasiga ishlab qabul qilingan. 2019-yilda tug‘ruq ta’tiliga chiqib, 2022-yilda maktab rahbariyatiga ishga qaytish uchun yozma murojaat qilgan. Biroq, uning murojaati rad etilgan.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.Turanovaning tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytolmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, R.Turanova 2019-yil 1-noyabrda shahar Tibbiyot birlashmasining 378477-sonli kasallik varaqasi va 2-sonli umumy oʼrta ta’lim maktabining tegishli buyrug‘i asosida homiladorlik va tugʼish ta’tiliga chiqarilganligi, farzandi uch yoshga toʼlgunga qadar bola parvarishi ta’tilida bo'lib, ishga chiqish vaqti 2022-yil 27-dekabr etib belgilanganligi aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi 5-bandida bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi bo'yicha ish stajiga ham qo'shiladi, deb ko'rsatilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 233-moddasida Аyollar homiladorlik va bola tug'ish ta’tilida bo‘lganlarida ularga bir qator qo‘shimcha kafolotlar berilishi nazarda tutilgan.
Jumladan, ularning ish joyi (lavozimi) saqlab turiladi, bu davrda ularni ishdan boʼshatish, boshqa doimiy ishga oʼtkazish, intizomiy jazo qoʼllash taqiqlanadi, homiladorlik va bola tug‘ish ta’tilida bo‘lgan davr imtiyozli mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Yuqoridagilarga asosan Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan mazkur qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan Xalq ta’limi boʻlimiga taqdimnoma kiritildi. Natijada R.Turanovaning murojaati ijobiy hal etildi.
-        Yana qadrdon ishxonamda, sevimli jamoam bilan o‘z mehnat faoliyatimni davom ettiradigan bo‘ldim, - deydi R.Turanova. Adliya xodimlaridan minnatdorman.

Ikrom Hakimov,
Shirin shahar adliya bo'limi boshlig'i