Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tadbir tashkil etildi


Bugun 14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 31 yil to'ldi. Ushbu kun mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Sirdaryolik qonun himoyachilari erta tongdan harbiy vatanparvarlik ruhidagi musiqa sadolari ostida kutib olindi. Boshqarma xotin-qizlar jamoasi tomonidan ularga ezgu tilaklar va bayram sovg'alari ulashildi.
Adliya boshqarmasida yangi ish kuni ana shunday ko'tarinki kayfiyatda boshlandi.  
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, mard va jasur vatan posbonlarini ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlarlar yor bo’lsin!

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi