Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” aniqlandi


Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olimi Farobiy muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surib, “O'qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», - degan edi.
Darhaqiqat, o'qituvchilik sharafli va mashaqqatli kasb, yoshlarga ta’lim-tabiya berish, ularni kelajakda komil inson etib tarbiyalashda oqituvchi va uning pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" tanlovi mazkur muassasada faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va salohiyatini sinovdan o'tkazish imkoni berdi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litsey o'qituvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan ushbu tanlov  taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, fanlar boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish, oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish, oʻquvchilarni  fanlarni  oʻqishga  va  oʻrganishga  motivatsiya  berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish, malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Tanlov 2 bosqichdan iborat bo'lib, dastlabki bosqich ta’lim muassasalarida o'tkaziladi. Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida bolib otgan “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovida 6 nafar mahoratli pedagoglar o'zaro bellashdilar.
Bunda har bir o'qituvchi tomonidan tanlov o'tkazilayorgan davrdagi amalga oshirilgan ishlar hajmi bo'yicha ko'rsatkichlari, soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha takliflar va yangiliklarni joriy etish bo'yicha g'oyalarni ishlab chiqqanligi, notiqlik mahorati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki kabi mezonlar asosida hududiy komissiya tomonidan xolis va shaffof baholab borildi.
Natijalarga ko'ra, Konstitutsiyaviy huquq fani oqituvchisi Sherzod Yo'ldoshev g'olib deb topildi hamda nomzod sifatida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi