Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Jamoat tashkilotlari tomonidan xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda


Yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq har birimizdan ehtiyotkorlik, e’tiborlilikni talab etadi. Ayniqsa, u yoki bu yumush bilan ko‘chaga chiqqan kishiga havoning zahri ta’sir qilishi mumkin. Shu bois bugun “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida Sirdaryo viloyatida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bir qator xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati Sirdaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Guliston shahar markazida maxsus isinish joyi tashkil etildi. Palatkada aholi va yo‘lovchilar isinib olishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Bu yerda ko‘chada sovuqda qolgan fuqarolarga bepul yegulik, issiq ichimliklar ulashilmoqda.
- Nodavlat notirjorat tashkilot sifatida faoliyatimizni olib borar ekanmiz, ijtimoiy sheriklik asosida Adliya boshqarmasi bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bugunli qorli, qirovli kunlarda aholiga yordam berish, ularga qulaylik yaratish maqsadida mana shu maxsus isinish joyini tashkil qildik. Ko‘ngilli volontyorlarimiz bilan birgalikda fuqarolarga xizmat ko‘rsatyapmiz, - deydi O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Abdurahim Madrahimov.
Ha, qish chillasida xalqimizga ana shunday qulayliklar yaratilmoqda, qaynoq mehr ulashilmoqda. Zero, ko'ngil  mehrdan suv ichsa, qalbdagi issiq haroratdan ezguliklar unadi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi