Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“E-qaror” - shaffof, jamoatchilik uchun ochiq tizim “E-qaror” tizimi orqali Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 6 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 3 ta idoraviy hujjatlar e’lon qilindi


Ma’lumki, 2021-yil 1-iyuldan boshlab “E-qaror” elektron tizimi orqali hokimliklarning qarorlari qabul qilib kelinmoqda.

Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6324754) asosan joriy yilning 1-yanvaridan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va e’lon qilish boshlangan.

Xususan, joriy yilning 7-yanvar kuni tizim orqali viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining "Oyning eng yaxshi xodimini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi dastlabki buyrug‘i e’lon qilindi.

Bugungi kunga qadar “E-qaror” tizimi orqali viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 6 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 3 ta idoraviy hujjatlar e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko‘ra, 2023-yil 1- sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish nazarda tutilgan.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi