Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sirdaryodagi 40-son manzil koloniyada huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga bir qator yengilliklar va shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xususan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish deportamenti uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlarni ish bilan ta'minlab, kasbga yo'naltirish, shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlanganidek, ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad batafsil tushuntirildi.
Manzil koloniyada 372 nafar jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar mavjud, shundan 215 nafari shartnoma ob’yektlarida foydali mehnatga jalb qilingan, - deydi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish deportamenti uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil koloniya katta yuriskonsulti Po‘lat Jiyanbayev. Koloniyada xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib, shuningdek jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan adliya boshqarmasi bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi tadbirda adliya xodimlari tomonidan bir qator yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Manzil koloniyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ochiq muloqot ruhida davom etdi. Tadbirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning murojaatlari ham tinglanib, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.  
Uchrashuvda so‘z olgan mahkumlar qilgan ishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini, jazo muddatini o‘tab chiqqach vatanga munosib xizmat qilishga va’da berishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tadbir nafaqat huquqiy savodxonlikni oshirish, balki tarbiyaviy-profilaktik ahamiyatga ham ega bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi