Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushirildi


Advokatura faoliyatiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Yuridik yordam” axborot tizimi (http://e-advokat.uz/) ishga tushirildi.

Mazkur axborot tizimi qanday qulayliklarga ega?

Axborot tizimi orqali advokatlik maqomini olishda talabgorlar malaka imtihonini topshirish uchun elektron tartibda murojaat qilish va malaka imtihoni jarayonlarini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Tizim orqali respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar reestri, ularning shaxsiy elektron kabineti yaratilib, advokatlar tomonidan elektron advokat orderini rasmiylashtirish, davlat organlari va tashkilotlariga advokatlik so‘rovlarini jo‘natish va arizalar berilishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan axborot tizimi orqali advokatlar to‘g‘risida, ularning maqomi haqidagi ma'lumotlarni olinishi;

- advokat reytingini aniqlashi, advokatning faoliyatini baholashi va advokat haqida o‘z fikrlarini izoh tariqasida yozib qoldirishi;

- advokatura sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, yangiliklar, statistik ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin.

Ushbu tizimning ishga tushurilishi advokaturaga kirishda ortiqcha qog‘ozlikni bartaraf etadi, advokatlar faoliyatini
yengillashtiradi, fuqarolarga ham advokatni oson topishga va ular faoliyatini baholashga yordam beradi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi