Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Monitoring jarayonida normativ-huquqiy hujjat talablari buzilganligi aniqlandi


Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadal rivojlantirish maqsadida 2018-yil 19-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi.

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-iyundan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan.

Xo‘sh, mazkur Farmon ijrosi joylarda to‘liq ta’minlanyaptimi?

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan monitoring jarayonida ushbu normativ-huquqiy hujjat talablari buzilganligi, ayrim tashkilotlar tomonidan Axborot va kommunikasiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxasis lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga ustama pullari to‘lab berilmayotganligi aniqlandi.

Jumladan, oʻtkazilgan monitoring jarayonida, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul xodim A. Abduraximovga 2020-yilda 11 318 269 so‘m;

Sirdaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlari H. Anorqulovga 2020-yilda 9 296 212 so‘m, I. Uralovga 2021-yilda 13 843 641 so‘m;

Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan J. Mamaradjapovga 2020-yilda 15 953 930 so‘m;

Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan S. Xalilovaga 2020-yilda 10 125 342 so‘m, 2021-yilda 1 258 578 so‘m, I. Sultanovga 2021-yilda 14 974 673 so‘m, 2022-yilda 12 887 995 so‘m;  

Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimi B. Rabbimqulovga 2020-yilda 13 215 108 so‘m, 2021-yilda 14 993 441 so‘m, 2022-yilda esa 9 698 500 so‘m;

Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan mas’ul xodim E. Mamasaliyevga 2021-yilda 14 769 474 so‘m, 2022-yil yanvar oyidan 1-avgust kuniga qadar 10 849 007 so‘m;

Sirdaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan D. Musinga 2022-yilda 6 114 420 so‘m;

Sirdaryo viloyat boshqarmasi turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan  A. Fazilovga 2021-yilda 4 196 732 so‘m;

Sirdaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi tomonidan G'.Nasirullayevga 18 438 988 so'm:

Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlari D. Mavlyanovga 2020-yilda 14 306 688 so‘m, 2021-yilda 16 143 248 so‘m, Sh. Adilovga 2021-yilda 12 371 557 so‘m, A. Pirmamatovga 2020-yilda 10 342 123 so‘m, 2021-yilda 12 317 086 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’i nazar xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shart.

Yuqoridagilarga asosan Adliya boshqarmasi tomonidan xodimlar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizalari, shuningdek, tegishli tashkilotlarga mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan davlat organlari va tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan 14 nafar xodimlariga 247 415 012 so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lab berilishi ta'minlandi.

Bundan tashqari, adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini o'z vaqtida va to'liq bajarmay, mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan 2 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik choralari qo'llanildi.



To'lqin Turdibekov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchi