Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yangi mehnat kodeksi: Xodimlar mehnati huquqiy jihatdan tartibga solinadi


Yangi mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi kodeksda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari belgilandi.
Boyovut tuman yuridik xizmt ko’rsatish markazi tomonidan 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Muloqotda mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi