Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ma'muriy islohotlar: Davlat boshqaruvining yangi, samarali va ixcham tizimi shakllantiriladi


Ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni davlat boshqaruvining yangi, samarali va sifatli tizimini shakllantirishda yana bir mustahkam huquqiy asos bo‘ldi.
Farmon bilan vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yagona tizimi belgilab berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida mazkur Farmon mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Unda Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Farmon Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi ijrosini ta’minlash maqsadini ilgari suradi.
Tadbirda Farmon bilan qayta tashkil etilayotgan, vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatilayotgan, tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgarayotgan, respublika davlat boshqaruvi organlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi