Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Huquqbuzarliklar profilaktikasida idoralararo hamkorlik muhim


Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashishda idoralararo hamkorlik ko‘zlangan maqsadga zamin yaratadi. Ayniqsa, “mahallabay” tamoyili asosida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligi yanada oshirishi, shubhasiz.
“Huquqiy axborot kuni” doirasida Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Obod, Yangi hayot mahallalarida tashkil etilgan tadbirda hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish lozim. Avvalo, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga mas’ullik har bir fuqaroning burchi, vazifasi bo‘lmog‘i shart.
Tadbir davomida firibgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik, bezorlik kabi jinoyatlar, ushbu jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar, qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi