Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini oshirishga xizmat qiladi


Joriy yilning 21-dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-son Prezident qarori imzolandi.

Qarorda davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida qator yangiliklar nazarda tutilgan.

Xususan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq va qarorlarni (ayrim istisnolarni inobatga olgan holda) “E-qaror” elektron tizimi orqali e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakkki, 2021-yil 1-iyundan vazirlik tizimida barcha buyruqlarni “minjust HR” avtomatlashtirilgan tizimi orqali rasmiylashtirirish joriy qilingan.

Endilikda, sinov natijalariga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlar “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinishi va e’lon qilinishi belgilandi.

Yana bir muhim yangilik, bundan buyon, “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri yuritiladi.

Funksiyalar yagona reyestriga kiritilgan har bir funksiya bo‘yicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlanganlik holati aks ettiriladi.

Aytish mumkinki, “E-qaror” elektron tizimi orqali buyruq, qaror va farmoyishlarning e’lon qilinishi, shuningdek, hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri yuritilishi o‘z o‘rnida jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga olib keladi, xalqni davlat organlariga yaqinlashtiradi, qolaversa, tizim rahbarlari mas’uliyatini oshirishiga xizmat qiladi.

  

Xilola Sulaymanbekova,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi