Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangi O‘zbekiston: Ixcham va samarali davlat boshqaruvi yangi bosqichda


Mamlakatimizda markaziy va hududiy darajadagi davlat organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, davlat boshqaruvi tizimida takrorlanishlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni davlat boshqaruvining yangi, samarali va sifatli tizimini shakllantirish yo‘lidagi dadil qadam bo‘ldi.

Farmon bilan vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yagona tizimi belgilab berildi.

Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi mustahkamlab qo‘yildi. Bosh vazirning to‘rt nafargacha o‘rinbosarlari lavozimi hamda Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinishi qayd qilindi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirildi.

Bunday islohotlar davlat mablag‘larini tejash, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, davlat organlarining xalqqa chinakam xizmat qilishiga hamda byurokratiyaning keskin kamayishi maqsadini ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir.

Endilikda vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib o‘zi javob beradi.

Davlat siyosatini amalga oshirishda u o‘z tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.

Har bir vazirlik o‘z sohasida davlat siyosatini mustaqil amalga oshiradi va o‘z navbatida bu uchun mas’ul ham hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ixcham davlat boshqaruvi nafaqat mablag‘ va vaqtni tejaydi, balki markazlashuvning kamayishi hisobiga xalq bilan bevosita ishlash mexanizmini kuchaytirish imkonini beradi.

  
Akbar Axrorov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i