Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya aralashgach, xodimlarning ish haqi to'lab berildi


Adliya organlariga kelib tushayotgan har bir murojaatni o‘rganishda albatta qonuniylik tamoyiliga asoslanadi. Shu bois huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab tizimga murojaat etuvchilar soni ortib bormoqda.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston pochtasi AJ Sirdaryo viloyat filiali Mirzaobod tuman Yangiobod pochta aloqa bog‘lanmasida ishlayotgan xodimlar oylik maoshini o‘z vaqtida ololmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida haqiqatdan ham 17 nafar xodimga 2022-yilning avgust, sentabr, oktabr oylari uchun ish haqi to‘lab berilmagani aniqlandi. Ushbu qonunbuzilish holati filial rahbari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ham o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’i nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashga majbur.

Shunga ko‘ra, mazkur qonunbuzilishni bartaraf etish yuzasidan Mirzaobod tuman Yangiobod pochta aloqa bog‘lanmasiga taqdimnoma kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan muammo ijobiy yechim topdi. Filial xodimlarining huquqlari himoya qilinib, pochta aloqa bog‘lanmasi tomonidan xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 66 million so‘mdan ziyod ish haqi to‘lab berildi.


Akbar Eshqo'ziyev,
Mirzaobod tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi