Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Munosabat


Joriy yilning 16-noyabr kuni fuqaro tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston  shahridagi davlat xizmatlari markazidagi xodimlarning 8 nafaridan  ish jarayonida faqat ikki nafari xizmat koʻrsatayotganligi  maʼlum qilingan.
  Ushbu murojaat yuzasidan  Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi shuni maʼlum qiladiki, fuqaro  ijtimoiy tarmoqlar orqali  Guliston shahar  DXM dan olgan va eʼlon  qilgan  fotosurati ishchi xodimlarning   tushlik paytida suratga olingan. Fuqaro  DXM ga tushlik paytida xizmat olish  uchun  kirgan va navbatda turib  qolgan.
  Davlat xizmatlari markazlari odatda tushlik paytida ham  fuqarolarga xizmat koʻrsatishdan  toʻxtamaydi. Belgilangan  tartibga koʻra, operatorlar fuqarolarni kuttirib qoʻymaslik va qulay sharoitlar  yaratish   maqsadida   navbat bilan  tushlikka chiqadi.
  Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi DXM da  fuqaro tushlik paytida ikki nafar navbatchilik  asosida  xizmat koʻrsatayotgan operatorlarni  oʻzining postida nazarda tutgan. Tushlik vaqtidan  tashqari boshqa holatlarda DXM operatorlari odatiy va barqaror  faoliyat olib borayotganligi maʼlum qilinadi.
    Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi fuqarolardan tizimga oid maʼlumotlar va fikrlarini   ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilayotganlarida ortiqcha   emotsiyaga berilmasliklarini va  barcha savollariga avval  tizim masʼullaridan  izoh soʻrashlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi