Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Aholi va tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida xizmat qilayotgan Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganiga 5 yil bo‘ldi


Aholi va tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida xizmat qilayotgan Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganiga 5 yil bo‘ldi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, shahar va tumanlarda uning markazlari tashkil etilgan edi.

Sohada amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar natijasida tizim ixchamlashtirilib, yagona boshqaruv joriy qilindi. Prezidentimizning 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Davlat xizmatlari agentligi Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shildi hamda ular bitta binoda faoliyat yuritmoqda. Bu esa, o‘z navbatida fuqarolar va tadbirkorlarga tezkor va shaffof davlat xizmatlari va huquqiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

Guliston shahar davlat xizmatlari markazida bugun bayram nafasi sezilib turibdi. Tashrif buyurganlar bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinib, xizmatdan foydalanish uchun yo‘naltirilmoqda.

–Bugungi kunga kelib aholiga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 250 dan oshdi. - deydi Guliston shahar Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Shahnoza Taylakova. Markazimiz tomonidan o‘tgan besh yil davomida aholiga 850 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan. Asosiysi, barcha turdagi xizmatlar tezkor, qulay hamda byurokratik to‘siqlarsiz amalga oshirilmoqda.

Chindan ham, bugun davlat xizmatlari markazlari orqali aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga tez fursatda sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.

Eng muhimi, fuqarolarning ortiqcha vaqti va mablag‘i sarflanishining, byurokratik to‘siqlarning oldi olinib, fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi degan ulug‘vor g‘oya amalda o‘z ifodasini topmoqda.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi