Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida islohotlar davom etmoqda


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida islohotlar davom etmoqda


Maʻlumki, yurtimizda ijtimioy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligi, viloyat viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi va Markazlar 2021-yil 1-oktyabrdan oʻz faoliyatini boshladi.

Mamlakatimizning barcha tuman (shahar)larida Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining Adliya vazirligi tizimida yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi.

Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi.

Huquqshunoslarning ishi maqbullashtirilib, qogʻozbozlikka barham berildi hamda ish yurituvi toʻliq raqamlashtirildi.

Malakali va yosh huquqshunoslar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilib, barcha yoʻnalishlardagi murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda qonun ustuvorligi asosida hal qilish imkoniyati yaratildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan 11 ta tuman (shahar) lardagi 100 ortiq davlat organlarida bir xil huquqni qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-173-son qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʻminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi; qishloq xoʻjaligi boʻlimi, turizm va madaniy meros boʻlimi, sportni rivojlantirish boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, davlat umumiy oʻrta taʻlim maktablari, davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari, davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari ulanishi belgilandi.

  Shu o'rinda, markur islohotlar jarayonida Shirin shahar yuridik xizmat koʻrsarish markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida to'xtalib o'tsak.

  2022-yilning oʻtgan davri davomida Shirin shahar adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsarish markazi tomonidan jami 11641 ta hujjat koʻrib chiqilib, shundan 11305 tasiga ijobiy, 100 tasiga salbiy xulosalar berildi, 236 tasi rad etilgan holda qonunbuzilishi holatlarining oldi olindi.

Shuningdek, sudgacha hal etish yuzasidan tashkilotlar manfaatida 4 ta 42453454 soʻmlik talabnomalar va sudlarga 2 ta 12257087 soʻmlik daʼvo arizalar kiritildi.

Yuqorida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʻzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining ro'yxatiga Yoshlar ishlari agentligi boʻlimlari ham kiritildi.

Albatta, ushbu islohotlardan ko`zlangan maqsad mamlakatimizda qonuniylikni ta`minlash, aholiga huquqiy ko`mak berishni jadal rivojlantirish hamda huquqiy xizmat ko`rsatish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.



Bekzod Gaybullayev,

Shirin shahar adliya bo`limi bosh maslahatchisi