Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga to‘siq


Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga to‘siq

Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga to‘siq hamda xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan  “Guliston neft bazasi” MCHJ da targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda dastlab Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorovning mavzu yuzasidan ma'ruzasi tinglandi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan keng ma'lumotlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi