Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Konstitutsiyam – g‘ururim, madhiyam – faxrim


Konstitutsiyam – g‘ururim, madhiyam – faxrim

“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo filialida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Madhiya sadolari ostida boshlangan mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi H. Sulaymanbekova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda davlatning Asosiy qonunini takomillashtirishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat taqdiri uchun favqulodda muhim bo‘lgan, jur’at, qat’iy siyosiy iroda hamda o‘ta og‘ir mas’uliyat talab etadigan jarayon ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, davlatimiz ramzlaridan biri bo‘lgan madhiyamiz xalqimizning ezgu orzu - umidlari, kelajakka mustahkam ishonchini o‘zida ifodalaganligi, unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligiga to‘xtalib o‘tildi.

Qolaversa, muloqotda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari, shuningdek mehnat qonunchiligiga oid asosiy yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Tadbir savol-javob va munozaraga boy bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi