Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliyaga murojaat qilgan shifokorlarning huquqlari himoya qilindi


Adliyaga murojaat qilgan shifokorlarning huquqlari himoya qilindi


Sayxunobod tuman adliya boʻlimi tomonidan Joʻramirza Ochilov, Abduvahob Qosimov va yana 12 nafar shifokorlarning tuman tibbiyot birlashmasidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganildi.

Aniqlanishicha, shifokorlar tibbiyot birlashmasining tegishli buyrugʻiga asosan 2021-yil hamda 2022-yilning yanvar-may oylarida tuman mudofaa boʻlimiga muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatlariga oldindan saralab olish, tanlov tadbirini tashkillashtirish hamda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun hududiy komissiya tarkibiga kiritilgan. Biroq, ushbu xizmat uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 30 foizlik qoʻshimcha ustama pullari oʻz vaqtida toʻlab berilmagan.

Mazkur murojaatlar qonunchilik talablari asosida oʻrganilib, Mudofaa boʻlimiga tibbiy koʻrik uchun jalb qilingan shifokorlarning huquqlari sudda himoya qilindi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo tumanlararo sudining buyruqlari bilan 14 nafar shifokorlarga qariyib 80 million soʻm miqdorida toʻlanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik undirilishi belgilandi.



Baxtiyor Nazarov,
Sayxunobod tuman adliya bo'limi boshlig'i