Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Asosiy qonunimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana -  8-dekabr har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.  Adliya boshqarmasida ham ushbu bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Ulug'bekovich Sattarov kirish soʻzi bilan ochdi.

Konstitutsiya – inson huquq va manfaatlari ifodasi sifatida demokratik qadriyat, an’ana va ijtimoiy adolat qaror topishida, fuqarolarning munosib hayot kechirishi hamda milliy totuvlikni ta’minlashda bosh omildir, - dedi S.Sattarov o'z ma'ruzasida. - O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlariga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga asoslanadi.

Shundan soʻng tadbirning tantanali qismi boshlandi. Samarali mehnati, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasini rivojlantirishda qoʻshayotgan hissasi uchun tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.  

Samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda qoʻshayotgan hissasi uchun  Boshqarma boshlig'i o'rinbosari Safarboy Tog'ayev  "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar Adliya vazirligi hamda boshqarmaning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.


Mana 25 yildirki, adliya sohasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Adliya adolat maskani. Shu kasbni tanlab, shu sohada ishlayotganim, mening baxtim. Kamtarona mehnatim yuksak baholanib, "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandim. Ushbu ragʻbat yanada katta masʼuliyat demak, - deydi boshqarma boshlig'i o'rinbosari S. Tog'ayev.

Bundan tashqari, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi bir guruh notariuslarga ham O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasining faxriy yorliqlari topshirildi.


Kasbim taqazosi bilan kuniga har xil odamlar bilan muloqotda bo'laman, bu menga zavq beradi. Bugun kamtarona mehnatim e'tirof etildi, shu kasbni tanlaganimdan yanada yuksaldim, - deydi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius Lochin Boltaboyev.


Jonajon mamlakatimizda erkinlik va ozodlikni, mustaqillik va hurlikni tantanali tarzda oʻzida namoyon etuvchi asosiy qonunimiz - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi barcha yurtdoshlarimizga muborak bo'lsin!  

  

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi