Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya boshqarmasida navbatdagi «Ma’rifat soati» o'tkazildi


Adliya boshqarmasida navbatdagi «Ma’rifat soati» o'tkazildi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Maʼrifat soati” “Korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi” mavzusida bo'lib o'tdi.  Unda Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i A.Mavlonov Korrupsiyaga qarshish kurashish yuzasidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari hamda Adliya vazirligining tegishli buyruqlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  “O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida” 42-um son buyrug‘i mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi.
Ta'kidlanganidek, mazkur buyruq bilan adliya organlarining xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarning asosiy shartlari hamda adliya organlari tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlari tasdiqlangan. Muloqot mobaynida ushbu masala yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilinib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi