Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori


Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi X. Sulaymanbekova ishirok etib, Konstitutsiya tushunchasi, Bosh Qomusimizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, Konstitutsiyada yoshlar huquqining kafolatlari xususida so‘z yuritdi.

Xususan, Konstitutsiyamizning 65-moddasiga asosan farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

Muloqotda Asosiy Qonunimiz barkamol avlodni tarbiyalashda ahamiyati beqiyosligi, u yoshlarda Vatanga sadoqat, mardlik, o‘zaro do‘st - birodarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qolaversa, Konstitutsiyamiz, uning asosida qabul qilingan qonunlar mazmunini yaxshi bilish yoshlarga o‘z huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam berish bilan birga ularda qonunlarga hurmat hissini oshiradi.

Tadbir so‘ngida yoshlar mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savolarga batafsil javob oldilar.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi