Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.


Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ona – Vataniga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan ma’naviyatli va ma’rifatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” ana shu o‘qitish va tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Ushbu darslarda yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati chuqur o‘rgatilib borilishini ta’minlash, ular talablari asosida yuklatilgan vazifalar ongli ravishda ijro etilishiga erishish ushbu darslarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Joriy yilning 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIBda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsion islohotlar – davr talabi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” o‘tkazildi.
Ushbu dars mobaynida Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi mas’ul xodimi tomonidan O‘zbekistonda ilk Konstitutsiyaning qabul qilinish tarixi, shuningdek, bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar hamda Konstitutsion islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.
Shundan so‘ng xodimlarga Axborot xizmati va Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar aks ettirilgan “Korrupsiya-jaholatga yo‘l” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.


Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.