Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

KONSTITUTSIYA FAXRIM, G'URURIM!


KONSTITUTSIYA FAXRIM, G'URURIM!

Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Konstitutsiya qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov ma’ruza qildi.


Xususan, Konstitutsiya nomi ostida e’tirof etiladigan davlatning bosh qonuni, ushbu shakldagi qonunchilik normasinining rivojlanish bosqichlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinish tarixi, bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida gapirib o‘tdi.


Tadbir davomida 2022-yil iyun oyida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgani, ushbu muhokomalar natijasida konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fuqarolar tomonidan umumiy 150 505 ta taklif kelib tushganligi, shunga ko‘ra bugungi kunda Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar, qolaversa, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilishi rejalashtirilayotganligi haqida ham to'xtalib o'tildi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi