Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

BIZ BIRGAMIZ!


BIZ BIRGAMIZ!
Inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Albatta ushbu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ham konstitusion, ham insoniylik burchimizdir.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham xayrli ishlar amalga oshirildi.
Sardoba tumani Yangiqishloq, Quyitosh, Fayzliobod, Navro‘z, Xalqobod mahallalarida istiqomat qiluvchi 40 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Ha, mehr va e’tibor insonga ruhiy quvvat bag‘ishlaydi. Jamiyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ezgu sa’y-harakatlar ham ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi