Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi: nimalar o‘zgarmoqda?


Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi: nimalar o‘zgarmoqda?

Sirdaryo viloyat prokuraturasida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida hududdagi tashkilot, muassasa hamda yirik korxonalarning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxssislari uchun seminar tashkil qilindi.

Seminarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi X.Sulaymanbekova “Yangi Mehnat kodeksi: Mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ta'kidlanganidek, endilikda xodimlarni pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo muddati bir oydan uch oyga uzaytirildi.

Yangi tahrirdagi kodeksda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning turli shakllari hisobga olinganligi, ish beruvchilarga, xususan, qo‘shimcha ishchilarni ishga jalb qilishning sodda va moslashuvchan shakllarini tanlashga imkon beruvchi moslashuvchan ish rejimlarini keng qo‘llash uchun huquqiy asoslar yaratilganligi tadbir davomida alohida qayd etildi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining amaldagi kodeksdan farqli jihatlari ko‘rgazmali vositalar yordamida tushuntirilishi tadbir ta’sirchanligini oshirishga xizmat qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan kodeks talabalari asosida javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi