Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sayxunobodlik pillakorlar adliya bo'limidan minnatdor


Sayxunobodlik pillakorlar adliya bo'limidan minnatdor

Sayxunobod tumani Olg‘abos mahallasida istiqomat qiluvchi Nazar aka Boboyorov va Gulchehra opa Boboyorova 7 yildan buyon pilla yetishtirib, oilaviy an’anani davom ettirib kelmoqda. Joriy yilda ham 143 kilogramm pilla hosili topshirishdi.
Ma’lumki hukumat qarori bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla uchun subsidiya ajratish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘mdan subsidiya berilishi lozim edi. Biroq, Boboyorovlarga ushbu subsidiya mablag‘lari to‘lab berilmagan. Bu masala yuzasidan Sayxunobod tuman adliya bo‘limiga qilingan murojaat ijobiy yechim topdi.

Pillachilik biz uchun qo'shimcha mashg'ulot, daromad manbai. Mana 7 yildirki, turmush o'rtog'im bilan birgalikda pilla boqamiz. Qiyinchiliklari ham yo'q emas, hamma narsa mehnat bilan unadi. Davlatimiz tomonidan pillakorlar mehnati ham alohida e'tiborga olinib, yaxshi imkoniyatlar yaratilmoqda. Pillaning har bir kilogrami uchun 5 ming so'mdan subsidiya berilishi yuzasidan tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan edik, ularning amaliy yordami bilan subsidiya mablag'larini to'liq oldik, - deydi Nazar Boboyorov.
Darhaqiqat, pillachilik oila uchun qo'shimcha daromad manbai bo'ldi. Boz ustiga, pilla boqish oson ish emas. Mana shunday mashaqqatli mehnat evaziga kelgan rizq-ro'z Boboyorovlar oilasiga huzur baxsh etdi. Ular huquq va manfaatlari himoya qilinganidan adliya bo'limidan minnatdor.


Dilnaz Umurzoqova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha maslahatchisi