Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni


Adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni

Bugun Adliya boshqarmasida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Bo'lajak huquqshunoslar dastlab boshqarma faoliyati  bilan yaqindan tanishdilar, tarkibiy boʻlinmalarda ish jarayonining borishini kuzatdilar.
Shundan so‘ng  boshqarma majlislar zalida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir avvalida adliya organlari faoliyati haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Bu orqali o‘quvchilar  shonli 30 yillik tarix va bugungi adliya to‘g‘risida to'liq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Muloqot mobaynida tizimda amalga oshirilgan islohotlar, aholining huquqiy muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy natijalar xususida batafsil to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, yoshlarning sohaga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida taqdimotlar ham tashkil etildi.
Uchrashuv taassurotlarga boy bo'ldi. Eng muhimi,  yosh huquqshunoslar davlat huquqiy siyosatini tashkil etish, inson huquq va erkinliklarii himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, tezkor va shaffof davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatishda adliya organlarining tutgan o'rni haqida to'liq tasavvurga ega bo'ldilar.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi