Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Madaniyat xodimlari uchun huquqiy targʻibot tadbiri tashkil qilindi


Madaniyat xodimlari uchun huquqiy targʻibot tadbiri tashkil qilindi

Guliston shahar 1-son Musiqa maktabida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14- oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Madaniyat boshqarmasi, tuman, shahar madaniyat boʻlimi xodimlari ishtirok etgan mazkur seminarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorov ma'ruza bilan ishtirok etib, qaror mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati avomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinish uslubining naʼmunaviy qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda mazkur namunaviy qoidalarga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvori boʻyicha amal qilishi lozim boʻlgan jihatlar, davlat hizmatchilari ish vaqtidan tashqari vaqtda qanday boʻlishi kerakligi, Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmasligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir soʻngida seminar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi

  
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi