Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Missionerlik, terrorizm va ekstremizm – taraqqiyotga tahdid


Missionerlik, terrorizm va ekstremizm – taraqqiyotga tahdid

Inson o‘zligini anglab, atrof-muhitdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasdan, dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o‘rganishi va doimo izlanishi lozim. Ana shunda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha oladi.

Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida “Missionerlik, terrorizm va ekstremizm – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda avvalida mavzu yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish qilindi. Diniy va dunyoviy bilimning yetishmasligi sabab to‘g‘ri yo‘ldan adashgan insonlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiluvchi ushbu videorolik yoshlar bilan muloqot davomida keng muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Bosh qomusimiz Konstitusiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo inson organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Bugungi uchrashuv yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mafkuraviy, ma’naviy immunitetini mustahkamlash maqsadiga qaratildi, - deydi adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safar Tog‘ayev.

Tadbir doirasida fotoko‘rgazma ham tashkil qilindi. O‘zlikni anglash, vatanparvarlik, jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalarini o‘zida ifoda etgan fotoko‘rgazma barchada katta qiziqish, ulkan taassurot qoldirdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi