Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sardoba tumani Paxtakor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Sardoba tumani Paxtakor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitov Sardoba tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida aholi vakillari o‘z muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbir avvalida huquqbuzarlikar profilaktikasiga alohida urg‘u berildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, firibgarlik, talonchilik, o‘g‘irlik kabi jinoyatlardan ogoh bo‘lish zarurligi tushuntirildi.

Shundan so‘ng aholi bilan yuzma-yuz muloqotga kirishildi. Birlashgan mahallasida istiqomat qiluvchi Lobar Sheraliyeva uy-joyini ta’mirlash masalasida, Gullola Mirzaqulova bolalar nafaqasi olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Tadbirda aholining barcha muammolarini shu joyning o‘zida yechishga harakat qilindi. Masalan, Nigora Hakimovaning nogiron farzandini davolatish va dori-darmonlar bilan ta’minlash, Gulchehra Razzoqovaning farzandiga chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun kredit olish bo‘yicha murojaatiga 3-sektor rahbari hamda sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yechim izlandi. “Paxtakor” mahallasida yashovchi Gulpari Jumanovaning order masalasidagi murojaati alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabulda hokim yordamchisi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, xotin-qizlar faoli, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamda boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida tezkorlik bilan hal etish imkoniyatlarini yaratdi.

Darhaqiqat, xalq bilan muloqot joylarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va huquqiy yechim topishda muhim omil. Murojaatlarning qonuniy ko‘rib chiqilishi esa fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi