Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Oila Konstitutsiya va qonunlar himoyasida


Oila Konstitutsiya va qonunlar himoyasida


Oilani muqaddas maskan sifatida e’zozlash, oilada tinchlik-osoyishtalik, farovonlik muhitini qaror toptirish xalqimizga azaldan xos bo‘lgan fazilatdir. Oila va oilaviy qadriyatlar har qanday inson hayotida quriladigan eng muhim poydevor hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi oilada boshlanadi.

Qonunchiligimizga nazar solar ekanmiz oilaga katta e’tibor qaratilganligini, jumladan, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari va burchlari, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga urg‘u berib o‘tilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag’ishlanib, oilaning ijtimoiy maqomi aniq va ravshan belgilab qo’yilgani dunyo davlatlarining bosh qonunlarida uchraydigan kamyob voqelikdir.

Xususan, Bosh Qomusimizning 63-moddasiga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

Shuningdek, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan.

Qolaversa, asosiy qonunimizning 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi belgilangan.

Shu bilan birga, oilaning davlat tomonidan himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Oila, Fuqarolik, Uy-joy, Mehnat Kodekslarida hamda qator qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Jumladan, Oila kodeksining 2-moddasiga ko‘ra, oilaviy munosabatlarda ayol va erkak teng huquqli bo‘lib, oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustunligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, oila instituti hamisha mamlkatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotining diqqat markazida.

Zero, oila – jamiyat tayanchi, oila sog‘lom ekan, mamlakatimizda tinchlik, farovonlik, to‘kinlik va barqarorlik davom etadi.

  

Xilola Sulaymanbekova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi