Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Konstitutsiya millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligimiz garovidir


Konstitutsiya millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligimiz garovidir

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda inson sha’ni, e’tiqod erkinligi va qadr-qimmatini hurmat qilish, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – vijdon va e’tiqod erkinligini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta’minlovchi, diniy bag‘rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Negaki, uning har bir moddasida, har bir bandida xalqaro huquq me’yorlari ham, milliy bag‘rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi.

Guliston davlat universitetida  “Millatlararo totuvlik tinchlik va osoyishtalikning mustahkam asosidir” mavzusida tashkil etilgan tadbirda  mavzu doirasida atroflicha so'z bordi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

-Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari yaxlit holda O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizning har bir fuqarosining vijdon va e’tiqod erkinligi va millalararo totuvlikni ta’minlashda ustuvor ahamit kasb etadi, -deydi X. Sulaymanbekova.


Tadbir davomida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Yakunda talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi