Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni


11 - noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni


Sana munosabati bilan adliya boshqarmasida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda boshqarma xodimlari, adliya tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar hamda yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari faoliyati, shuningdek, faxriylarning boy hayotiy tajribasi, adliya tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda Adliya vazirligi tizimida 24 ta boshlang‘ich tashkilotlar o‘z safida 8000 dan ziyod a’zolarni birlashtirgan holda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

-Uzoq yillar adliya tizimida faoliyat yuritdim. Ayni paytda notariat sohasida ishimni davom ettirmoqdaman. Notarial harakatlarni amalga oshirar ekanman, insonlarni rozi qilish, ularga huquqiy ko‘mak berishni asosiy maqsadim deb bilaman,- deydi Nabijon Badalov.

Uch avlod vakillarini o‘zida mujassam etgan mazkur tadbirda faxriy ustozlar Mastura Eminova, Rashida Soliyeva, Dilbar Nabiyevalar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Viloyat yuridik texnikumi talablari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Jarayonda shashka, shaxmat, stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida faxriylarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi